ANDIJON VILOYATI BOʻSTON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida
Boʻston tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 3-apreldagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 01-21-25-sonli xatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob, 39-bandi va hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 25- moddalariga muvofiq qaror qilaman:
1. Boʻston tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 3-apreldagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 01-21-25-sonli xati maʼqullansin.
2. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi har bir taʼlim muassasalariga mikrohududlar biriktirish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Boʻston tumani hokimining 2025-yil 15-apreldagi 78-1-19-Q/25-sonli qarori bekor qilinsin.
4. Tuman hokimligi devonxonasi (O.Umarov) mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilingan tuman hokimining qaroriga tegishli belgilar kiritsin.
5. Tuman hokimligi matbuot xizmati (M.Ochildinova)ga ushbu qaror matbuotda rasman eʼlon qilinishi hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish tavfsiya etilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Y.Abdurahmonov hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi A.Axmadaliyevlar zimmasiga yuklatilsin.
Boʻston tumani hokimi S. A. NOSIROVA
Andijon viloyati, Boʻston tumani,
2025-yil 5-iyun,
105-1-19-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.