XALQ DEPUTATLARI YOZYOVON TUMANI KENGASHINING
QARORI
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Yozyovon tumanidagi 918 ta geografik obyektlarni (koʻchalarni) nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qaroriga, Yozyovon tuman hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasi tomonidan xatlov natijalariga asosan nomsiz istirohat bogʻ boʻyicha taklif tayyorlanib, Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika toponimika xizmatidan 2025-yil 22-aprel kuni 05-19-6244-sonli xati bilan “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida” ekspert xulosasi olindi va 918 ta koʻcha nomlari muvofiq deb topilib, belgilangan tartibda ijobiy xulosalar olindi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari Yozyovon tumani Kengashi qaror qiladi:
1. “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Yozyovon tumani Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi Davlat tilini rivojlantirish boʻyicha Yozyovon tuman hokimining maslahatchisi N.Obidovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Yozyovon tuman komissiyasi tomonidan geografik obyektlarni qayta nomlash boʻyicha taqdim etilgan hamda qonun talablariga muvofiq deb topilgan geografik obyekt (koʻchalar) nomi ilovaga asosan tasdiqlansin, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestri bazasiga kiritilsin.
3. Yozyovon tuman hokimligi Axborot xizmati (A.Xudoyqulov)ga ushbu qarorni keng ommaga yetkazish tavsiya etilsin.
4. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror bajarilishiga tuman hokimining oʻrinbosari Sh.Mirzaliyev, Kadastrlar palatasi Yozyovon tumani filiali rahbari N.Imomatovlar shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
6. Ushbu qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari Yozyovon tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi Sh.Mirzaliyev hamda davlattilini rivojlantirish boʻyicha Yozyovon tumani hokimining maslahatchisi N.Obidovalar zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi DJALILOV DILSHOD TURSUNMURODOVICH
Fargʻona viloyati, Yozyovon tumani,
2025-yil 5-iyun,
VII-8-44-11-165-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.