XALQ DEPUTATLARI YOZYOVON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi “Quyi bugʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi “Quyi bugʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʼorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda xududiy qishloq xoʼjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʼorish uchun suv olish limitlarini xududlar boʼyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilanganligi boʼyicha tartibga koʼra taqdim etilgan maʼlumotlarni xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʼjaligimasalalari va ekologiya boʼyicha” doimiy komissiyasi yigʼilishi muhokamasida bildirilgan takliflarni eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi “Quyi bugʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga moʼljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim Qonunlari va hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʼjaligi yerlarini sugʼorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 1 kub metr suv uchun 100 soʻm yetib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Sirdaryo-Soʼx” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Yozyovon tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan joriy yil vegetatsiya davri uchun tuman chegarasidan olinadigan 144192 mln.m3 suv olish limitlari, kanallardagi suv yuqotishlarini inobatga olib 15 foizga kamaytirgan holatda tumanda ekinlarni sugʻorish xamda baliq yetishtirish uchun suv olish limitlari ilovalarga asosan tasdiqlansin.
4. “Sirdaryo-Sux” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Yozyovon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (B.Xolmurodjonov) tegishlicha “Sirdaryo-Soʼx” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borishi belgilansin.
5. Tumandagi qishloq xoʻjaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchi suv isteʼmolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
6. Tuman hokimligi axborot xizmati (A.Xudoyqulov)ga:
mazkur Kengash qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tuman hokimligining veb saytida va “Markaziy Fargʻona” gazetasida, shuningdek rasmiy internet-kanallar va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilishi tavfsiya qilinsin.
7. Mazkur Kengash qarorining ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasiraisi B.Yusupov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi DJALILOV DILSHOD TURSUNMURODOVICH
Fargʻona viloyati, Yozyovon tumani,
2025-yil 5-iyun,
VII-8-49-11-165-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.