04.06.2025 yildagi VII-12-79-9-122-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI OQOLTIN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqoltin tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori F.Mamadaliyevning hisobotini tinglab, deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oqoltin tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdori toʻgʻrisidagi Oqoltin tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori F.Mamadaliyevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oqoltin tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori F.Mamadaliyevning Oqoltin tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oqoltin tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori F.Mamadaliyev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan suv olish limitlari doirasida irrigatsiya tizimi tuman suv yetkazib berish xizmati alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlarining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilar kesimida ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan suv olish chegara limitlarini tasdiqlab, har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv istemolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishi hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish (aholi tomorqa yerlari bundan mustasno) vositalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining tasdiqlangan rejasi (kommunal-maishiy suv taʼminotidagi fuqoralar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomalarning boʻlishi majburiy talab hisoblanishi eʼtiborga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini samarili boshqarish maqsadida barcha suv olish nuqtalaridagi gidropostlarning mavjudligi va sifatli taʼmirlanganligini koʻrib chiqib, mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etsin hamda har bir suv olish inshootlari jihozlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni samarali boshqarish va ulardan maqsadli hamda tejamli foydalanish boʻyicha oʻquv seminar va tushintirish ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir suv olish inshooti, nasos stantsiyasi boʻyicha suvning ikki (uch) tomonlama kundalik hisob jurnali, hisobi va hisobotini belgilangan tartibda olib borishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi joylarda suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring olib borilishini hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish va suv yetishmovchiligining oldini olish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi (Gʻ.Axmedov) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Y.Abduraximov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi BABAYEV ESANBAY OMONMURATOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-79-9-122-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.