04.06.2025 yildagi VII-10-65-9-123-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BOYOVUT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyovut tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdori toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 15-martdagi 72-sonli buyrugʻi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi irrigatsiya tizimi boshqarmalari hamda tuman suv etkazib berish xizmati davlat muassasalarining suv olish va suv etkazib berish rejalari, suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa ehtiyojlar boʻyicha umumlashtirilgan. Kutilayotgan suv resurslarini oʻz vaqtida isteʼmolchilarga yetkazish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil qilish hamda joriy yilning sugʻorish mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish boʻyicha tuman hududida hamda tizimidagi barcha Boyovut tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM xodimlarining shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boyovut tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdori toʻgʻrisidagi Boyovut tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori (S.Nuriddinov)ning hisoboti maʼlumot uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyovut tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdori boʻyicha Boyovut tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DMning taklif loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun ID 107251-son bilan 15 kun muddatga “E-Kengash” elektron tizimiga joylashtirilib, jamoatchilik muhokamasiga (regulation.gov.uz) saytida eʼlon qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama yakunlari bilan jamoatchilik tomonidan takliflar kelib tushmaganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boyovut tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv 1- va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boyovut tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori (S.Nuriddinov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan suv olish limitlari doirasida irrigatsiya tizimi tuman suv yetkazib berish xizmati alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlarining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilar kesimida ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan suv olish limitlarini tasdiqlab, har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishi hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda: suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish (aholi tomorqa yerlari bundan mustasno) vositalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni samarali boshqarish va ulardan maqsadli hamda tejamli foydalanish boʻyicha oʻquv seminar va tushuntirish ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir suv olish inshooti, nasos stansiyasi boʻyicha suvning ikki (uch) tomonlama kundalik hisob jurnali, hisobi va hisobotini belgilangan tartibda olib borishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari (Z.Xoliqberdiyev), Boyovut tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori (S.Nuriddinov) hamda nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Ibodullayev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy o`tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi D. URALOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-65-9-123-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.