XALQ DEPUTATLARI BOYOVUT TUMANI KENGASHINING
QARORI
Tumandagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli, 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 34-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasi tomonidan, tumandagi 330 ta geografik obyektni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflardan 330 ta geografik obyektga taklif etilgan nom Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilib, belgilangan ekspertiza xulosasi tasdiqlangan.
Tumanda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar toʻgʻrisidagi tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (I.Mirzaqulov)ning axborotini atroflicha muhokama qilib, mahalliy davlat toʻgʻrisidagi Qonunning 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 25-apreldagi 05-19-6499-sonli Ekspertiza xulosasi hamda tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (I.Mirzaqulov)ning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarga beriladigan nomlar va ularni qayta nomlash taklifl loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun ID 107254-son bilan 15 kun muddatga “E-Kengash” elektron tizimiga joylashtirilib, jamoatchilik muhokamasiga loyiha regulation.gov.uz saytida eʼlon qilinganligi inobatga olinsin,
Geografik obyektlarga beriladigan nomlar va ularni qayta nomlash takliflari 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Tuman hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (I.Mirzaqulov) mazkur geografik obyektlarni Davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
4. Davlat kadastrlar palatasi Boyovut tumani filiali (S.Sherboyev), tuman statistika boʻlimi (M.Ishonqulov)ga:
tumanda yangi nomlangan va nomi oʻzgargan geografik obyektlarni tuman xaritasiga joylashtirish, shuningdek, tegishlicha tuman statistika maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (F.Poʻlatov)ga tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi I.Mirzaqulov bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni tuman mahalliy ommaviy axborot vositasi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (K.Karimova) va Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (X.Shayimova) zimmalariga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi D. URALOVA
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani,
2025-yil 4-iyun,
VII-10-66-9-123-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.