XALQ DEPUTATLARI OLTINKOʻL TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oltinkoʻl tumanida 2025-yil vegetatsiya davrida ekinlarni sugʻorish uchun isteʼmolchilar kesimida suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-5-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida” gi Nizom talablaridan kelib chiqib, Oltinkoʻl tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Komiljonovning Oltinkoʻl tumani boʻyicha 2025-yil oʻsuv davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 , 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman Kengashi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oltinkoʻl tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Komiljonovning Oltinkoʻl tumani boʻyicha 2025-yil oʻsuv davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi inobatga olinsin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (A.Komiljonov)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
qaror mazmun mohiyatini massivlar, ular tarkibidagi fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlariga tushun tirishishlarini olib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4.Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi R.Komilov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi RASULOV OTAVULLAXON ABDULAXADOVICH
Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani,
2025-yil 4-iyun,
VII-6-55-1-15-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.