XALQ DEPUTATLARI UCHKOʻPRIK TUMANI KENGASHINING
QARORI
Uchkoʻprik tumani mahalliy byudjetining 2025-yil birinchi chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan foydalanish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 27 va 126-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlariga mahalliy byudjetlarni boshqarishda erkinliklar berilib, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha stavkalarni belgilash, mahalliy byudjet harajatlari ijrosi boʻyicha hududiy byudjet mablagʻlari taqsimlovchilarning Kengash oldidagi hisobdorligi hamda mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 12-martdagi 249-IV-son qaroriga muvofiq tuman mahalliy byudjetining 2025-yil birinchi chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan foydalanish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil birinchi chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan mablagʻlari 1 339,3 mln soʻmni (shundan, 133,7 mln soʻm qismi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan shakillangan) tashkil etganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 12-martdagi 249-IV-son qarorining 5-bandida mahalliy byudjet qoʻshimcha manbalaridan foydalanishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilgan holda, mablagʻlarning faqatgina (favqulodda va kechiktirib boʻlmaydigan holatlar bundan mustasno) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari asosida yoʻnaltirilishini taʼminlash koʻrsatib oʻtilganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
3. Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil birinchi chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidagi mavjud mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-martdagi PQ-5072-son qaroriga asosan, Ochiq byudjet jamgʻarmasiga yoʻnaltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2022-yil 12-13-may kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi yakunlari boʻyicha tasdiqlangan majlis bayonining 145-bandiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son va 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son qarorlariga hamda xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 23-yanvardagi VII-5-12-11-162-K/25-son qaroriga asosan tuman hokimligi va tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, ish samaradorligi va masʼuliyatini yanada oshirish, xodimlarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ular oʻrtasida korrupsiyaviy muhitni shakillanishini oldini olish maqsadida ishchi-xodimlarga 2025-yilning ikkinchi choragida oylik ustama pullarini toʻlab berish, sud qaroriga asosan tuman hokimligining mavjud qarzdorliklarini toʻlab berish, tuman hokimligi binosida faoliyat olib borayotgan qoʻriqlash hodimlarining oylik ish haqilarini toʻlab berish hamda ushbu xalq deputatlari tuman Kengashi qarorining ilovasida koʻrsatilgan zaruriy xarajatlarni moliyalashtirib berish maqsadida tuman mahalliy byudjetining birinchi chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan jami boʻlib 1 338,6 mln soʻm mablagʻ ajratilsin.
Bunda, mazkur harajatlarni yoʻnaltirishda loyiha-smeta hujjatlari oʻzgarishi va koʻzda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirishda noaniqliklar yuzaga kelgan hollarda mablagʻlar miqdori va yoʻnalishlariga tuman hokimining farmoyishlari bilan oʻzgartirishlar kiritish hamda favqulodda va tezkor holatlarda mablagʻlarni tuman hokimining qaror (farmoyish)lari asosida yoʻnaltirish nazarda tutilsin.
4. Tuman hokimligi hisobxonasi (Moʻydinov)ga:
bunda ajratilgan mablagʻlarni samarali foydalanish va uning belgilangan tartibda maqsadli yoʻnaltirilishini taʼminlash;
moliyalashtirish manbasini ochish uchun oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni tuman moliya boʻlimi va gʻaznachilik boʻlinmasiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
5. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Begmatov)ga ajratilgan mablagʻlar doirasida xarajatlar smetasiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritish, tuman Gʻaznachilik hizmati boʻlinmasi (Ergashev)ga toʻlovlarni oʻrnatilgan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish vazifalari topshirilsin.
6. Tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Begmatov) bilan birgalikda tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari, jumladan daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismidan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha har chorak yakuni bilan xalq deputatlari tuman Kengashiga maʼlumot kiritilishini taʼminlasin.
7. Mazkur Kengash qarorining ijrosini taʼminlab borishga masʼul va shaxsiy javobgar etib tuman hokimining oʻrinbosarlari hamda tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Begmatov) belgilansin.
Qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi M.Dexqonov zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi M. M. DEXQONOV
Fargʻona viloyati, Uchkoʻprik tumani,
2025-yil 4-iyun,
VII-13-115-11-162-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.