12.03.2021 yildagi SQ-249-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida 2020-yil yakuni boʻyicha viloyatlar budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan shakllantirilgan mablagʻlarning maqsadli hamda samarali sarflanishini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida 2020-yil yakuni boʻyicha viloyat budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan shakllantirilgan mablagʻlarning maqsadli hamda samarali sarflanishi oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish va tahlillar mazkur hududlarda mahalliy budjet daromadlari hamda xarajatlari ijrosi borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida 128,6 mlrd. soʻm qoʻshimcha zaxira aniqlanib, budjetga 125,6 mlrd. soʻm undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjetlarda jami 1 trln. 193,4 mlrd. soʻm budjetga qoʻshimcha manbalar shakllantirilgan boʻlib, shundan erkin qoldiq mablagʻlari 488,4 mlrd. soʻmni, daromadlarning birinchi — uchinchi chorak yakunlari boʻyicha prognozdan oshirib bajarilgan qismi 640,0 mlrd. soʻmni va boshqa manbalardan kelib tushgan mablagʻlar 65,0 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha manbalar hisobidan viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining farmoyishlari asosida jami 1 trln. 175,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, shundan 1 trln. 151,9 mlrd. soʻmlik xarajatlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganish davomida mahalliy budjet ijrosini taʼminlashda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, mazkur viloyatlarning mahalliy budjetlari daromadlari ijrosi tahlili ayrim soliq turlari boʻyicha yillik prognoz koʻrsatkichlari bajarilmasdan qolganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi prognozi Buxoro viloyatida 97,6 foizga, Samarqand viloyatida 94,1 foizga, Fargʻona viloyatida 98,6 foizga, shuningdek aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha prognoz Buxoro viloyatida 94,8 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari ijrosida ayrim soliq turlari boʻyicha belgilangan yillik prognoz koʻrsatkichlari bajarilmasdan qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillik aniqlangan prognoz koʻrsatkichlariga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda soligʻi Paxtachi, Nurobod, Payariq va Ishtixon tumanlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan olinadigan soliq Olot va Vobkent tumanlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq Jondor, Payariq, Shofirkon tumanlari va Fargʻona shahrida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Ishtixon va Tayloq tumanlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi Yozyovon, Furqat, Oʻzbekiston, Jomboy va Oqdaryo tumanlarida 80 foizdan kam bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilarning budjet oldidagi mavjud boqimonda qarzdorligi (umidsiz va toʻlov muddati uzaytirilgan soliqlarsiz) jami 938,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan Buxoro viloyatida 206,5 mlrd. soʻm, Samarqand viloyatida 50,7 mlrd. soʻm, Fargʻona viloyatida 273,9 mlrd. soʻmga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari (erkin qoldiq va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi) hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar oʻrganilganda jami 310,3 mlrd. soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet kodeksining 126-moddasi talablariga rioya qilinmagan holda, viloyat, tuman va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari qabul qilinmasdan Buxoro viloyatida 3,5 mlrd. soʻm va Fargʻona viloyatida 38,5 mlrd. soʻm mablagʻ sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida 18,5 mlrd. soʻmlik, Fargʻona viloyatida 225,7 mlrd. soʻmlik mablagʻlar turli tadbirlarga yoʻnaltirilgandan soʻng tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlari qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida 1,3 mlrd. soʻm, Buxoro viloyatida 3,2 mlrd. soʻm, Samarqand viloyatida 2,5 mlrd. soʻm va Fargʻona viloyatida 5,2 mlrd. soʻm mablagʻ tegishli budjet hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarni saqlab turishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bulungʻur va Narpay tumanlarida mablagʻlar birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga emas, tuman hokimliklari uchun qimmatbaho avtotransport vositalarini xarid qilishga ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan, mazkur tumanlarda 8 ta umumtaʼlim maktabi, 9 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti va 5 ta sogʻliqni saqlash muassasasi oʻta taʼmirtalab holatga kelib qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan jamgʻarmalarga Buxoro viloyatida 3,5 mlrd. soʻm ajratilgan boʻlsa, Andijon, Fargʻona va Samarqand viloyatlarida ushbu jamgʻarmaga umuman mablagʻ yoʻnaltirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, 2020-yilda ham mazkur viloyatlardagi ishsizlik respublika oʻrtacha darajasidan yuqoriligacha saqlanib qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun va qonunostn hujjatlari talablariga rioya etmasdan Andijon viloyatida 1,4 mlrd. soʻmlik, Buxoro viloyatida 399,0 mln. soʻmlik, Samarqand viloyatida 2,1 mlrd. soʻmlik va Fargʻona viloyatida 7,1 mlrd. soʻmlik xaridlar tegishli ravishda axborot portaliga eʼlonlar joylashtirmasdan, tender, tanlov va auksionsiz toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan shartnomalar orqali amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar budjetlaridagi qoʻshimcha manbalarning kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish maqsadida “Ochiq budjet” portalida aholini xabardor qilish va ularning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha yetarli ishlar olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqibatda, erkin qoldiq mablagʻlarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida yoʻnaltirish yuzasidan berilgan eʼlon boʻyicha Oltiariq va Bogʻdod tumanlarida bor-yoʻgʻi bittadan taklif kelib tushgan boʻlsa, Toshloq, Furqat, Gʻijduvon tumanlari hamda Qoʻqon, Quvasoy va Margʻilon shaharlarida aholidan birorta ham taklif kelib tushmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi chorak yakuni boʻyicha qoʻshimcha manbalar hisobidan jamoatchilik fikri asosida yoʻnaltiriladigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi eʼlonlar Oltiariq, Beshariq, Uchkoʻprik va Furqat tumanlari hamda Margʻilon shahar moliya boʻlimlari tomonidan “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlashga qaratilgan “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarining veb-saytlariga 2020-yilning toʻrtinchi choragida qoʻshimcha manba mablagʻlari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati hamda qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi S. Suyarovaning Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlari mahalliy budjetlari qoʻshimcha manbalarining maqsadli va samarali sarflanishini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axborotini inobatga olib, budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish va ijro intizomini mustahkamlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon (Sh. Abduraxmanov), Buxoro (B. Zaripov), Samarqand (E. Turdimov) va Fargʻona (X. Bozarov) viloyatlari hokimliklariga mahalliy budjetlarda shakllangan qoʻshimcha manbalardan foydalanishda qonunchilikka amal qilmasdan, mablagʻlarni sarflashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyilganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (T. Ishmetov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy intizom va nazoratni kuchaytirish, ichki audit tizimini mustahkamlash, noqonuniy xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida olib borayotgan ishlari yetarli emasligi qayd etilsin va ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini tanqidiy oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida oʻrganish, bunda budjet mablagʻlari hisobidan tuzilgan shartnomalarning gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilishi va toʻlovlarning amalga oshirilishi holatini chuqur tahlil qilib, gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼuliyatini oshirish yuzasidan tegishli choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha manbalarning kamida 10 foizini Moliya vazirligining “Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi”da alohida hisobini yuritish va “Ochiq budjet” portalida eng koʻp ovoz toʻplagan yoʻnalishlarni avtomatik tarzda aniqlash funksiyalarini yaratishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu band ijrosi yuzasidan bir oy muddatda Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlari boʻyicha soliq toʻlovchilarning budjet oldidagi qarzdorliklari oshishi sabablarini tahlil qilib, qarzdorliklarni kamaytirish va soliqlarning yigʻuvchanligi darajasini oshirish hamda ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi oʻrganish davomida aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklarni, shu jumladan, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya etmasdan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan xarajatlarni oʻrganib chiqib, huquqiy baho bersin va natijalari boʻyicha joriy yilning 1-mayiga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Andijon (Sh. Abduraxmanov), Buxoro (B. Zaripov), Samarqand (E. Turdimov) va Fargʻona (X. Bozarov) viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet qoʻshimcha manbalaridan foydalanishda moliyaviy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda taʼsirchan choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet qoʻshimcha manbalari mablagʻlaridan foydalanishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilgan holda, mablagʻlarning faqatgina (favqulodda holatlar bundan mustasno) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari asosida yoʻnaltirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar budjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 10 foizi birinchi navbatda jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosidagi tadbirlarga oʻz vaqtida yoʻnaltirilishini qatʼiy nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha manbalar hisobidan xarid qilingan tovar va xizmatlar, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati, qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi haqidagi maʼlumotlar har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borilishini taʼminlasin va doimiy nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu band ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni bir oy muddatda Oliy Majlis Senatiga taqdim qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlari Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni mahalliy Kengash sessiyasida muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda mahalliy budjet ijrosi boʻyicha hududiy moliya va soliq organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish, hisobotlarni koʻrib chiqishda zarur hollarda mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet qoʻshimcha manbalarini yoʻnaltirishda qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, aholini oʻylantirib kelayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) ushbu Qaror ijrosi yuzasidan nazorat oʻrnatsin hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2021-yil 10-mayga qadar Senat Kengashiga umumlashtirilgan axborotni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-IV-son