XALQ DEPUTATLARI SOʻX TUMANI KENGASHINING
QARORI
Soʻx tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hududlar, manbalar va suv isteʼmolchilari boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvaridagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-son qarorlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, yirik suv xoʻjalik obektlarining suv olish va suv yetkazib berish rejalari, suv manbalari iqtisodiyot tarmoqlari maʼmuriy hududlar boʻyicha umumlashtirilgan. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qaror talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Soʻx tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tumanda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hududlar, manbalar va suv isteʼmolchilari boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori U.Boltaboyevning bergan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Soʻx tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori U.Boltaboyev tomonidan tuman boʻyicha 2025 yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-2-3-4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (M.Mavlonbekov)ga:
fermer xoʻjaliklari yer maydonlariga suvlarni ortiqcha isrofgarchiliklarga yoʻl qoʻymagan holda olishlarini uchun ichki ariqlarini begona oʻtlar va chiqindilardan tozalash choralarini koʻrsin.
4. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (U.Boltaboyev) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, quyidagilarga:
tumanda faoliyat koʻrsatayotgan qishloq xoʻjaligiga moslashtirilgan fermer xoʻjaliklarining gʻalla yer maydoni kesimida belgilangan limitlarga asosan suv yetkazib berilishini nazoratga olish;
fermer xoʻjaliklari tomonidan limitlarga asosan ajratilgan suvdan unumli foydalanish hamda qarovsiz holda qoldirilishi va suvni ortiqcha isrofgarchiligiga yoʻl qoʻymasligi;
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot kiritib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi” (R.Mavlonov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi SAYIDMUSAYEV SAYIDBAXROM SAYIDBURXONOVICH
Fargʻona viloyati, Soʻx tumani,
2025-yil 4-iyun,
VII-10-62-11-159-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.