04.06.2025 yildagi VII-10-58-12-178-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI YANGIBOZOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi ayrim koʻchalarning nomlarini oʻzgartirish va nomsiz koʻchalarni nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 48-son va 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasi”ning 2025-yil 3-fevraldagi 01-19-09/1151-son murojaatnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi” haqida 2025-yil 25-fevraldagi 05-19-2974-sonli ekspertiza xulosasini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 3-fevraldagi 01-19-09/1151-son murojaatnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi” haqida 2025-yil 25-fevraldagi 05-19-2974-son ekspertiza xulosasiga asosan tuman hokimligi huzuridagi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi” raisi - tuman hokimining aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish, ularning nomlarini oʻzgartirish hamda nomsiz va yangi koʻchalarga nom berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanda nomlari oʻzgaradigan va nomsiz koʻchalarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashining 2019-yil 30-sentabr kungi LXI-2-son va 2024-yil 19-iyuldagi VI-98-84-12-178-K/24-son qarorlari ilovasiga ayrim oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (Sh.Raximova), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (N.Raximov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarning tasdiqlangan nomlari barcha hujjatlarda birxillashtirilsin va ushbu nomlar aks etgan peshlavhalar va boshqa koʻrsatkichlardagi yozuvlarni davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida) yozilishi taʻminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, geografik obyektlarning tasdiqlangan nomlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan oʻquv nashrlarida, kartografik, maʼlumotnoma, ensiklopedik nashrlarda, eʼlonlar, reklama, yoʻl belgilari, pochta joʻnatmalarida foydalanish uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (Sh.Raximova), Kadastr agentligining tuman boʻlimi (R.Raximov), tuman soliq inspeksiyasi (X.Kazakov), tuman statistika boʻlimi (B.Artiqbayev), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (N.Raximov)ga mazkur qarorga asosan tegishli hujjatlarga oʻrnatilgan tartibda oʻzgartirishlar kiritish hamda bu borada zarur choralar koʻrish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Yangibozor koʻzgusi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M.Atajanov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi JUMANIYAZOV RUSLAN RUSTAMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-58-12-178-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.