XALQ DEPUTATLARI YANGIBOZOR TUMANI KENGASHINING
QARORI
Yangibozor tumanidagi istirohat bogʻini nomlash toʻgʻrisida
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasi”ning 2025-yil 16-apreldagi 01-19-09/3648-sonli murojaatnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida” 2025-yil 6-maydagi 05-19-7145-son ekspertiza xulosasiga asosan tuman hokimligi huzuridagi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi” - tuman hokimi R.Jumaniyazovning tuman markazi, Yangiyop mahallasida joylashgan istirohat bogʻiga nom berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Tumanda yangi nomlangan 1 ta istirohat bogʻining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman statistika boʻlimi (B.Artiqboyev), tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (S.Rajapov), Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali (R.Nurmetov) tuman hokimligi bilan birgalikda yangi nomlangan istirohat bogʻini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (S.Rajapov) istirohat bogʻiga yangi nomi yozilgan koʻrsatgich belgilar, peshlavhani zamonaviy dizayin asosida oʻrnatilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror matbuotda rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Z.Masharipova) va korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I.Ortikov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi JUMANIYAZOV RUSLAN RUSTAMOVICH
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani,
2025-yil 4-iyun,
VII-10-59-12-178-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.