03.06.2025 yildagi VII-12-56-10-140-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QUYI CHIRCHIQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyi Chirchiq tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlar uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2025-yil 22-fevraldagi 08/46-4-3951-sonli xatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda “TCT Agro Clusret” MChJ oʻrtasida 2020-yil 18-dekabrdagi tuzilgan DXSh/18-2020-sonli Bitim, va “TCT Agro Clusret” MChJ tasischligida ochilgan «TCT Gidro Servis» MChJ bilan DXSh 18/1-2020-sonli qoʻshimcha kelishuv Bitimi 2025-yilning 20-fevraldan DXSh loyihalari reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining 2025-yil 28-fevraldagi 42-sonli buyrugʻiga asosan tumanda “Quyi Chirchiq tumani Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqarilgan. Ushbu buyruqga asosan tumanda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi 2025-yilning 17-martida tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5 sonli qarorining 1-bandining ikkinchi xatboshi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suv xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasalarini (keyingi oʻrinlarda — Suv yetkazib berish xizmatlari) tashkil etish;” boʻyicha topshiriq belgilangan. Ushbu topshiriqqa asosan Quyi Chirchiq tumanida Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tashkil etilgan. Endilikda Irrigatsiya va melioratsiya boʻlimi faoliyatini Quyi Chirchiq tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tumandagi barcha turdagi qishloq xoʻjaligi suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berish hamda foydalanilgan suv isteʼmoli boʻyicha soliq organlariga suv soligʻi hisoblash uchun maʼlumotlarni berib boradi” deb belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 79-sonli qarorida koʻrsatib oʻtilgan yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlar bekor qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan limitlar asosida suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobini va hisobotini yuritishligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni himoya zonalari bilan birgalikda soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini amalga oshirishi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5-sonli qarori 6-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tejamkor sugʻorish texnologiyalari joriy qilganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda suv soligʻi stavkasiga 0,5 kamaytiruvchi koyeffitsiyent qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tejamkor sugʻorish texnologiyalari joriy qilganda yoki sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda suv soligʻi stavkasiga 0,7 kamaytiruvchi koyeffitsiyent qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda suv soligʻi stavkasiga 0,7 kamaytiruvchi koyeffitsiyent qoʻllanilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Quyi Chirchiq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2025-yil 1-apreldagi 9-sonli xatini inobatga olib, Quyi Chirchiq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari Y.Marxaboyevning hisobotini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman Kengashining 2025-yil 10-apreldagi VII-10-45-10-140-K/25-sonli qarori bekor qilinib, qonun xujjatlariga muvofiqlashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyi Chirchiq tumani suv manbalari boʻyicha 2025-yilning yozgi sugʻorish mavsumiga ajratilgan cheklangan suv miqdori 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyi Chirchiq tumani suvdan foydalanuvchilarga 2025-yil yozgi sugʻorish mavsumiga ajratilgan cheklangan suv mikdori (limit) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyi Chirchiq tumani isteʼmolchilar kesimida 2025-yil uchun yozgi sugʻorish mavsumida suv olish limiti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va trasport masalalari boʻyicha doimiy komissisi (A.Valeyev)ga, ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi T.Saitmuradov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XOLMURADOV AKMAL ARSLANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-56-10-140-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.