02.06.2025 yildagi VII-12-46-7-97-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QOʼSHRABOT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yildagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303 sonli Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-sonli “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganib, tegishli masʼullarning bildirgan fikrlarini tinglab, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻn ikkinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi qaror maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi Zarkent mahalla fuqarolar yigʻinidagi nomsiz va nomi yangilanadigan 36 ta (koʻcha, tor va berk) koʻchalarga berilgan takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish va yangidan nomlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob bermaydigan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidagi koʻchalar yangitdan nom berish boʻyicha takliflar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tuman komissiyasiga ushbu yigʻilish bayoni ilovalariga muvofiq tasdiqlangan, tumandagi mavjud, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob bermaydigan Zarkent MFYdagi 36 ta koʻchalarning nomlarini qonun talablaridan kelib chiqib, qayta nomlash boʻyicha takliflar va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda viloyat komissiyasiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi axborot xizmati, “Istiqbol sari” gazetasi bosh muharriri (X.Mamarasulov) mazkur qarorni oʻrnatilgan tartibda eʼlon qilinishini hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (D.Qaxxarov), tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi SHAKARBOYEV DILSHOD DAVRONOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Qoʻshrabot tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-46-7-97-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.