JIZZAX VILOYATI GʻALLAOROL TUMANI HOKIMINING
QARORI
Gʻallaorol tumanida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy-sanitariya yordamini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-maydagi PF-88-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek Sogʻliqni saqlash tizimini eng ilgʻor xorijiy tajriba asosida isloh qilish, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish, sohaga yangi boshqaruv tamoyillarini joriy qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-maydagi PF-88-son Farmoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Gʻallaorol tibbiyot birlashmasi negizida tashkil etilayotgan Gʻallaorol tumani sogʻliqni saqlash boʻlimining Nizomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Sogʻliqni saqlash boʻlimi (X.Saidov)ga:
joriy yilning 1-iyun kuniga qadar Gʻallaorol tuman sogʻliqni saqlash boʻlimini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
joriy yilning 1-iyul kuniga qadar Gʻallaorol tuman sogʻliqni saqlash boʻlimining shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda moliya organidan roʻyxatdan oʻtkazish;
joriy yilning 1-iyuldan boshlab, Gʻallaorol tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi shtat meʼyoriga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish choralarini koʻrish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Gʻ.Toʻchieyev zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi J. OQBOYEV
Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani,
2025-yil 29-may,
153-3-45-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.