XALQ DEPUTATLARI SIRDARYO TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Sirdaryo tumanidagi koʻchalarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarini tartibga solish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori va Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan Sirdaryo tumanidan jami 279 ta koʻchalarni nomlash boʻyicha taklifidan 279 ta koʻcha nomlari qonun talablariga nomuvofiq ekanligi oʻrganilib chiqib, 2025-yil 28-apreldagi 05-19-6586-sonli ekspert xulosasi hamda 2025-yil 29-apreldagi 03/08-4492-sonli xatiga asosan 279 ta koʻchaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-sonli qonun hujjatlari talablariga muvofiq ekanligi oʻrganilib chiqib ijobiy xulosa berildi. Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Sirdaryo tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisining Sirdaryo tumanida koʻchalarni nomlash va qayta nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 29-apreldagi 03/08-4492-sonli xatiga asosan, Sirdaryo tumanida jami 279 ta koʻchalarni nomlash boʻyicha taklifidan 279 ta koʻchaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-sonli qonun hujjatlari talablariga asosan 1-ilovaga koʻra tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (B.Norqulov), hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (S.Bahodirov), tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (S.Gʻoziyev) hamda tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻcha nomlari aks ettirilgan peshlavhalarni 1 oy muddatda belgilangan tartibda oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
4. Tuman Statistka boʻlimi (R.Gʻaniyev), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiligining davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Sirdaryo tuman boʻlimi (L.Xudaynazarov), tuman Ichki ishlar boshqarmasi (O.Abdullayev)larga yangi va qayta nomlangan koʻchalarning nomlarini belgilangan tartibda roʻyxatga olish vazifasi yuklatilsin.
5. Qaror ijrosini taʼminlash uchun tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (B.Norqulov) hamda tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (S.Bahodirov) masʼul etib belgilansin.
6. Tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (D.Sarimov) hamda “Sirdaryo gazetasi” tahririyati muxarriri (D.Esanova)ga:
ushbu qaror yuzasidan aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida tumanda amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borish tavsiya etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish, xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining taʼlim, soʻgʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (L.Sabirdjanova) zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi SANGINOV JURABEK MARUFJONOVICH
Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani,
2025-yil 29-may,
VII-12-81-9-128-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.