XALQ DEPUTATLARI TOʻRAQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Toʻraqoʻrgʻon tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlar uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tuman Kengashi: qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrouchun qabul qilinsin.
2. Toʻraqoʻrgʻon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori N.Umarov Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-ilova, 2-ilova, 3-ilova, 4-ilova, 4a-ilova, 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toʻraqoʻrgʻon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori N.Umarovga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tuman Kengashining 2025-yil 10-apreldagi VII-6-33-6-85-K/25-sonli qarori bekor qilinsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Raximovga, nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi (O.Xodjayev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi KOSIMOV SHERALI ABDUKAXAROVICH
Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani,
2025-yil 28-may,
VII-7-43-6-85-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.