XALQ DEPUTATLARI YANGIYOʻL TUMANI KENGASHINING
QARORI
Yangiyoʻl tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlar uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Yangiyoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori K.Y.Abilkasimovning maʼruzasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunini 6 , 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Yangiyoʻl tuman Kengashini VII chaqiriq navbatdagi XII sessiyasi, qaror qiladi:
1. Yangiyoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori K.Y.Abilkasimovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
3. Yangiyoʻl tumani “Suv etkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori K.Y.Abilkasimovning qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida yakuniy isteʼmolchilarga suv yetkazib berish boʻyicha amalga oshirgan ishlari hamda Yangiyoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 27-martdagi 21-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Yangiyoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori K.Y.Abilkasimovning Yangiyoʻl tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchilar kesimida ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va tumanda 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchilar kesimida ajratilgan suv limiti 1-2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Yangiyoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori K.Y.Abilkasimovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish borish vazifalari yuklatilsin.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yilning sentyabr oyida xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot bersin.
6. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Yangiyoʻl tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ.T.Turdibayevga va qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Yangiyoʻl tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi Z.A.Gaffarov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ATAULLAYEV ODILJON KASIMOVICH
Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tuman,
2025-yil 28-may,
VII-11-54-10-146-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.