XALQ DEPUTATLARI BEKOBOD TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Bekobod tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 23-apreldagi yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 , 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi qaror qiladi:
1.Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari S.Suvanovaning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2.Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 23-apreldagi yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 923 ta koʻcha nomlari roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3.Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi,tuman statistika boʻlimi,Davlat xizmatlari markazi, iqtisodiyot va moliya boʻlimi,tuman ichki ishlar boʻlimi, Davlat Kadastrlari palatasi tuman filiali va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga:
ushbu qaror bilan nomlangan 923 ta koʻcha nomini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan fuqarolarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratilsin.
4.Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Bekobod tumani filiali (S.Obidov) va tuman Davlat xizmatlari markazi (U.Mirzayev )ga:
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan koʻchalar nomi oʻzgartirilishi munosabati bilan aholidan belgilangan tartibda davlat boji undirmaslik choralari koʻrilsin.
5.Tuman hokimining oʻrinbosari (U.Xaqqulov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Bekobod tumani boʻlimi (Q.Bobojonov), Obodonlashtirish boshqarmasi (S.Nurmatov)ga 1 oy muddatda ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosidagi koʻchalarga ularning nomlari yozilgan metall koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni bosqichma bosqich oʻrnatish,almashtirish va olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha tuman komissiyasi (S.Suvanova)ga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
6.Tuman ichki ishlar boʻlimi (S.S.Ergashxodjayev) fuqarolarning xorijga chiqish, kirish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻchalarning nomlari qayta nomlanganligiga alohida eʻtibor qaratish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda geografik obyekt nomlarini toʻgʻri yozilishini doimiy nazoratga olsin.
7.Mazkur qaror “Bekobod ovozi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8.Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari S.Suvanova geografik obyektlarga nom berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun oʻn kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etsin.
9.Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari boʻyica doimiy komissiya”si (G.A.Risqulova) zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi MOʻMINOVA YOQUTXON ERGASHEVNA
Toshkent viloyati, Bekobod tumani,
2025-yil 27-may,
VII-13-67-10-135-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.