27.05.2025 yildagi VII-9-69-11-156-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QUVA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarga nom berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarni nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil 41-son 448-modda, 2017-yil 35-son 914-modda)ning 10-moddasi hamda 2025- yil 31-yanvardagi Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun talablariga muvofiqligi haqida ekspert komissiyasi xulosasiga asosan “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Quva tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyaning 2025-yil 31-yanvarda tasdiqlagan “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat-tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslaxatchisi M.Botirovaning bergan axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2025-yil 31-yanvardagi Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida ekspert komissiya xulosasida Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlaming nomlari toʻgʻrisida”gi 303-son qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb koʻrsatilgan 7 ta geografik obyektning nomi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat-tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslaxatchisi M.Botirova va Kadastr agentligi Quva tuman boʻlimi rahbari X.Qurbonov bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi Geografik obyektlar nomlarini joy aholisining tarixi, qadriyatlari, milliy urf-odatlarini saqlagan holda nomlanganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda geografik obektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlarni samarali tashkil etish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari nomsiz obyektlarga nom berilishi munosabati bilan aholi oʻrtasida tegishli tushunturish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror tuman matbuot xizmatlarida yoritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiya raisi (M.Axmadaliyeva) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror tasdiqlangan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi UMAROV XALIMJON KOMILOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-69-11-156-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.