XALQ DEPUTATLARI YANGIYOʻL TUMANI KENGASHINING
QARORI
Yangiyoʻl tumanidagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va yangi nom berish toʻgʻrisida
Yangiyoʻl tumanidagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va yangi nom berish toʻgʻrisida, Yangiyoʻl tuman Obodonlashtirish boshqarmasining boshligʻi U.A.Mirzayevning maʼruzasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Yangiyoʻl tuman Kengashining VII chaqiriq navbatdagi XII sessiyasi qaror qiladi:
1. Yangiyoʻl tuman Obodonlashtirish boshqarmasining boshligʻi U.A.Mirzayevning maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Yangiyoʻl tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga, Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisida”gi 295-sonli qaroriga asosan, Yangiyoʻl tuman hokimligi huzuridagi “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunni amalga oshirish va toponimik obyektlarga nom berish boʻyicha tuman komissiyasining 2023-yil 12-maydagi 1-sonli yigʻilish bayoni boʻyicha, Toshkent viloyat hokimligining 2023-yil 16-maydagi 12-3-2196-sonli, 2023-yil 20-dekabrdagi 12-4-6685-sonli javob xatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligidan olingan (2023-9/25-dekabr 03/08-3151-sonli javob xati) ekspert xulosasi (2023-yil 21-dekabrdagi 02-18-1894-sonli) hamda Toshkent viloyat hokimligi huzuridagi “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunni amalga oshirish va toponimik obyektlarga nom berish boʻyicha viloyat komissiyasining 2023-yil 29-dekabrdagi 1/12-4-6912-sonli yigʻilish bayoniga koʻra, Yangiyoʻl tumanidagi 46 ta geografik obyekt nomlarini davlat reyestr bazasiga kiritish, rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
3. Yangiyoʻl tumanidagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va yangi nom berish roʻyxati ilovaga muvofiq roʻyxatga olinib nomlanishi va nom berilishi toʻgʻri deb hisoblansin.
4. Yangiyoʻl tuman hokimining oʻrinbosari qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Kadastr agentligining tuman boʻlimi, Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshligʻi, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi (O.M.Saidov), tuman Statistika boʻlimi, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman Davlat xizmatlari markazi va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda oʻzgargan qabriston nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq jarayonlarni amalga oshirsinlar.
5. Belgilangan tartibda geografik obyektlarning yangi nomlarini tegishli elektron bazalarga kiritish, ish hujjatlariga, koʻrsatkichlar va peshlavhalarga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
6. Mazkur qaror “Yangiyoʻl” ijtimoiy-siyosiy gazetasida rasman eʼlon qilinsin va Yangiyoʻl tuman hokimligining axborot xizmati (R.Xolmuratova) hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish, Xalq deputatlari Yangiyoʻl tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi N.Q.Xudayberdiyev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ATAULLAYEV ODILJON KASIMOVICH
Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tuman,
2025-yil 26-may,
VII-12-53-10-146-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.