XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari taʼriflarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6074-sonli farmoni 3-bandi va 2022-yil 2-avgustdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 341-sonli qarori 4-ilovasi 5.11-bandi hamda 2023-yil 24-oktabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 343-sonli qarori 4-bandiga asosan “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ, “Chimgan-Chorbogʻ magistral suv taʼminoti” AJ, “Musaffo obi hayot magistral suv taʼminoti” AJlarning murojaatlarini oʻrganib chiqib, viloyatda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari taʼriflarini tartibga solish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning 2025-yil 2-maydagi yigʻilish bayoni va xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qaror qiladi:
2. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJga 2025-yil 29-aprelda berilgan H-11-01/12-2751-sonli, “Chimgan-Chorbogʻ magistral suv taʼminoti” AJga 2025-yil 29-aprelda berilgan H-11-01/12-2740-sonli, 2025-yil 23-aprelda berilgan H-11-01/12-2612-sonli takliflari, Iqtisodiyot va Moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 30-apreldagi 01/01-10/120-sonli, 2025-yil 29-apreldagi 01/01-10/241-sonli, 2025-yil 24-apreldagi 01/01-10/235-sonli xatlari, “Musaffo obi hayot magistral suv taʼminoti” AJning taklifi, Iqtisodiyot va Moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 24-apreldagi 01/01-10/235-sonli xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ, “Chimgan-Chorbogʻ magistral suv taʼminoti” AJ, “Musaffo obi hayot magistral suv taʼminoti” AJlar tomonidan isteʼmochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va koʻrsatiladigan oqova suv xizmati taʼriflari taqdim etilgan hulosalar asosida ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining viloyat boshqarmasi (Sh.Nizamudinov), “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari (Gʻ.Sheraliyev) isteʼmochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va koʻrsatiladigan oqova suv xizmatlarining yangilangan taʼriflari 2025-yil 1-iyuldan boshlab qoʻllanishi yuzasidan ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borishi tavsiya etilsin.
5. “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ (R.Mayakubov), “Chimgan-Chorbogʻ magistral suv taʼminoti” AJ (B.Turdibayev), “Musaffo obi hayot magistral suv taʼminoti” AJ (N.Saydaliyev):
shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda isteʼmochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va koʻrsatiladigan oqova suv xizmatlarining yangilangan taʼriflari 2025-yil 1-iyuldan boshlab qoʻllanishi yuzasidan har bir mahallada targʻibot-tashviqot ishlarini olib borsin.
6.Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari:
belgilangan narxlarni muddatidan oldin qoʻllanilishiga hamda ichimlik suvi va koʻrsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun taʼriflarni asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazorat oʻrnatsinlar.
7.Mazkur qaror 2025-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Xudayberganov hamda viloyat hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi FAYZIYEVA SAYYORA MAVLYANOVNA
Toshkent viloyati,
2025-yil 26-may,
VII-13-70-10-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.