XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Kogon shahar mahalliy byudjetining 2024-yil parametrlaridagi xarajatlari rejasiga oʻzgartirishlar toʻgʻrisida
Shaharning 2024-yilgi tasdiqlangan budjet parametrlari daromadlar qismidagi 73 mlrd. 545.5 mln.soʻmlik mablagʻlarga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritish hisobiga 67 mlrd. 523.4 mln.soʻm (aniqlangan reja belgilangan. Aniqrogʻi mahalliy budjetning daromadlar rejasi joriy yilda jami 6 mlrd. 22 mln.soʻm yoki 9 foizga kamaytirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 148-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Kogon shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi N.Eshmurodovning, shahar mahalliy byudjetining 2024-yil parametrlaridagi xarajatlari rejasidagi oʻzgaritirishlar toʻgʻrisidagi hisoboti qabul qilinsin.
2. Kogon shahar mahalliy byudjetining parametrlariga kiritilgan oʻzgartirishlar ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kogon shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi (N.Eshmurodov), shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi bilan birgalikda:
shahar hokimligi bilan birgalikda daromadlar prognoz reja koʻrsatkichlarini soʻzsiz ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish. Bunda, prognoz rejani har bir soliq turi kesimida toʻliq bajarilishini taʼminlash;
byudjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda mahalliy byudjetga qoʻshimcha soliq tushirish manbalarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;
mahalliy byudjet parametrlarida koʻzda tutilgan xarajatlarni, xususan birinchi darajali toʻlovlarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash;
byudjet daromadlari va xarajatlari rejasiga oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda hisobga olish, tegishli hududiy byudjet mablagʻ oluvchilarning xarajatlar miqdoridagi aniqlik kiritish;
byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatish topshirilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi J.Doʻstov zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi TOʻRABOYEV MIRSHAKAR MUZAFFAROVICH
Buxoro viloyati, Kogon shahar,
2025-yil 26-may,
VII-12-73-2-208-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.