XALQ DEPUTATLARI GULISTON SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Guliston shahrida toponimik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida
Kun tartibidagi masala deputatlar tomonidan atroflicha mihokama qilinib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari shahar kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 25-apreldagi 05-19-6497-sonli yigʻilish bayoni qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Guliston shahar mahallalari hududidagi 20 ta geografik obyekt (koʻcha, berk koʻcha, tor koʻcha)larni nomlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 25-apreldagi 05-19-6497-sonli yigʻilish bayoni qarori bilan taklif etilgan koʻchalarning nomlari ilovaga asosan tasdiqlansin.
3.Guliston shahar hokimi oʻrinbosari (X.Ergashev), shahar IIB boshligʻi (B.Sanayev), shahar Adliya boʻlimi (S.Togayev), shahar Statistika boʻlimi, shahar Davlat soliq inspeksiyasi (Sh.Raqibov), Davlat xizmatlari markazi (S.Qudratov), Mahallalar uyushmasi shahar boʻlimi (L.Axmedov), Davlat kadastrlar palatasi shahar filiali (K.Ismoilov), shahar Obodonlashtirish boshqarmasi (R.Berkinov) va tegishli mutasaddi tashkilotlarga:
mazkur qaror ilovasi asosida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar eʻtiborga olinsin va ushbu qarordan kelib chiqqan holda tegishli idoraviy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish vazifasi yuklatilsin.
4.Shahar hokimi oʻrinbosari (X.Ergashev) va Mahallalar uyushmasi shahar boʻlimi (L.Axmedov):
15 kun muddatda hududlardagi nomlari oʻzgargan koʻchalarga zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavhalar va uy raqamlarini yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etish;
peshlavhalarni oʻrnatish va moliyalashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berish hamda nazoratga olish vazifalari yuklansin;
bir hafta muddatda hududlarda yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilansin.
5.Shahar ichki ishlar boshqarmasi (B.Sanayev)ga:
shahar mahallalari hududidagi yangi nomlangan koʻchalarda yashovchi fuqarolarga yangi fuqarolik pasportlarini berish va ularni roʻyhatga qoʻyishda yangi nomlar bilan yozilishini nazoratga olish vazifasi yuklansin.
6. Shahar hokimligi bosh yuristkonsulti (N.Musurmonqulov) mazkur qarorni elektron jamoatchilik muhokamasiga joylashtirsin.
7.Shahar hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (Sh.Yunusov):
Hududlardagi yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga va hokimlikning veb-saytiga maʼlumotlarni joylashtirsin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar Kengashining barcha doimiy komissiyalari zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi XODJIMANOV JAMOLIDDIN XUSNUDDINOVICH
Sirdaryo viloyati, Guliston sh.,
2025-yil 26-may,
VII-12-65-9-130-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.