XALQ DEPUTATLARI PAXTACHI TUMANI KENGASHINING
QARORI
Paxtachi tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktorining tuman boʻyicha 2025-yil sugʻorish (vegetatsiya) davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “Suv – tekin” tushunchasidan voz kechish va suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn birinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Paxtachi tumani “Suv yetkazib berish xizmat” Davlat muassasasi direktorining tuman boʻyicha 2025-yil sugʻorish (vegetatsiya) davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Paxtachi tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktoriga:
tumanga suv yetkazib berish boʻyicha ishlab chiqilgan limitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori talablariga qatʼiy rioya qilish;
qaror mazmun-mohiyatini massivlar va ular hududidagi fermer hamda dehqon xoʻjaliklari, MChJ, korxona va tashkilotlarga yetkazish;
ilovada koʻrsatilgan suv limitlarini oʻz vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrida har yarim yilda xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh.Musirmanov) hamda tuman hokimining oʻrinbosari (Gʻ.Absanov) zimmalariga yuklatilsin.
Sessiya raisi MAGRIPOVA RUZIGUL TOSHNIYOZOVNA
Samarqand viloyati, Paxtachi tumani,
2025-yil 23-may,
VII-11-50-7-102-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.