XALQ DEPUTATLARI CHUST TUMANI KENGASHINING
QARORI
Chust tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davri uchun isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun ishlab chiqilgan suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini samarali taʼminlash maqsadida, Chust tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 18-apreldagi 100-sonli xati hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Chust tuman Kengashining taklifini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Chust tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun hamda Chust tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktorining oʻtgan davrda sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Chust tuman Suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi tomonidan tumanda 2025-yil vegetatsiya davri uchun isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun ishlab chiqilgan suv olish limitlari toʻgʻrisidagi taklif maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Chust tuman Suv yetkazib berish xizmati DM direktori - B.Djafarovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazibberish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (X.Yuldashev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi SALIMJONOV BAXTIYORJON RAXIMJONOVICH
Namangan viloyati, Chust tumani,
2025-yil 23-may,
VII-10-39-6-89-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.