XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Viloyatdagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasining 2025-yil 1-maydagi 01-02/69-sonli xati hamda viloyat hokimligi huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasining 2025-yil 30-apreldagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 162 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasining 2025-yil 1-maydagi 01-02/69-sonli xati, viloyat hokimligi huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasining 2025-yil 30-apreldagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan xulosasi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi I.Ikromovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatda birlashtiriladigan mahalla fuqarolar yigʻinlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi boshligʻi M.Tursunbayev viloyatdagi 34 ta mahallalarni faoliyati tashkiliy va moliyaviy jihatdan toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi va boshqaruv jihatidan oʻzini oqlamayotgan mavjud 34 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarini birlashtirish va ularning chegaralarini qayta belgilab chiqish ishlarini amalga oshirsin.
4. Tuman (shahar) hokimliklari aloqador tashkilotlar bilan birgalikda birlashtiriladigan mahalla fuqarolar yigʻinlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda muhr va tamgʻalarini almashtirish choralarini koʻrsin.
5. Ushbu qaror viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi F.Abdullayev hamda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z.Baxriddinov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi MUMINOV SOLIJON DJALILOVICH
Namangan viloyati,
2025-yil 23-may,
VII-10-76-6-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.