XALQ DEPUTATLARI AMUDARYO TUMANI KENGASHINING
QARORI
Amudaryo tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaroriga asosan “Amudaryo tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun hududlar bo'yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan yakuniy iste'molchilar kesimida ekinlarni sug'orish uchun suv olish limitlarni tasdiqlash to`g`risida”gi Amudaryo tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining hisibotini tinglab va muhokama etib Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Amudaryo tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun hududlar bo'yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan yakuniy iste'molchilar kesimida ekinlarni sug'orish uchun suv olish limitlarni tasdiqlash to`g`risidagi Amudaryo tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining hisiboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Amudaryo tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun hududlar bo'yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan yakuniy iste'molchilar kesimida ekinlarni sug'orish uchun suv olish limitlari ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi XOJAMETOV SABIR JABBARBERGANOVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani,
2025-yil 23-may,
VII-9-53-13-181-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.