XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Namangan viloyatining 11 ta tumanlari va Namangan shahar maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy-hududiy tuzilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni 20-bandi, Bosh vazir tomonidan 2023-yil 15-dekabrda tasdiqlangan 03/4.3-253-son “Yoʻl xaritasi”, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni 20-bandi, Bosh vazir tomonidan 2023-yil 15-dekabrda 03/4.3-253-son bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Namangan shahar, Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust va Yangiqoʻrgʻon, tuman hokimliklarining maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash ishlarini tasdiqlash yuzasidan qabul qilingan Xalq deputatlari tuman Kengashlarining qarorlarini viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanishini soʻrab yozgan iltimosnomasi inobatga olinsin.
3. Shahar va tumanlar maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarni yakuniy natijalari shahar va tumanlarda tuzilgan tegishli komissiyalarning yigʻilish bayonlari bilan tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlarining maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi quyidagi:
Kosonsoy tuman Kengashining 2025-yil 8-fevraldagi VII-4-16-6-80-K/25-sonli;
Mingbuloq tuman Kengashining 2024-yil 30-dekabrdagi VII-4-020-6-81-K/24-sonli;
Namangan tuman Kengashining 2025-yil 21-yanvardagi VII-4-9-6-82-K/25-sonli;
Norin tuman Kengashining 2024-yil 18-dekabrdagi VII-3-014-6-83-K/24-sonli;
Pop tuman Kengashining 2025-yil 25-yanvardagi VII-3-3-6-84-K/25-sonli;
Toʻraqoʻrgʻon tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-3-018-6-85-K/24-sonli;
Uychi tuman Kengashining 2024-yil 16-oktabrdagi VI-77-111-6-86-K/24-sonli;
Uchqoʻrgʻon tuman Kengashining 2024-yil 19-sentabrdagi VI-70-95-6-87-K/24-sonli;
Chortoq tuman Kengashining 2024-yil 23-avgustdagi VI-66-104-6-88-K/24-sonli;
Chust tuman Kengashining 2024-yil 24-sentabrdagi VI-71-62-6-89-K/24-sonli;
Yangiqoʻrgʻon tuman Kengashining 2024-yil 21-avgustdagi VI-61-116-6-90-K/24-sonli qarorlari qabul qilinganligi inobatga olinsin va maʼqullansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 123-bandi ijrosi yuzasidan Namangan shahar chegarasini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalari yuzasidan Xalq deputatlari shahar Kengashining 2023-yil 28-dekabrdagi “Namangan shahar chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi VI-55-104-6-91-K/23-sonli qarori hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023-yil 30-dekabrdagi VI-42-122-6-0-K/23-sonli qarorlari bilan Namangan shahar maʼmuriy-hududiy chegarasi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6.Namangan viloyati tarkibidagi shahar va tumanlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha chegara chizigʻining tavsifi 1-ilovaga muvofiq hamda kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Viloyat hokimi oʻrinbosarlari (Gʻ.Djamalov, A.Xakimov) ga shahar va tumanlar maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha iltimosnoma tayyorlash, iltimosnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilsin.
8. Mazkur qaror viloyat hokimligining rasmiy veb saytida eʼlon qilinsin.
9. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari viloyati Kengashining 2020-yil 17-noyabrdagi 67-06-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash viloyat hokimining oʻrinbosarlari Gʻ.Djamalov, A.Xakimov hamda nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi I.Ikromov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi MUMINOV SOLIJON DJALILOVICH
Namangan viloyati,
2025-yil 22-may,
VII-10-74-6-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.