XALQ DEPUTATLARI SHOʻRCHI TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining 7-bandiga asosan tumanda vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlash toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktorining hisoboti haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining 7-bandiga asosan tumanda vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21- va 24-moddalariga muvofiq hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati”davlat muassasasi direktorining hisoboti tinglanib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining 7-bandiga asosan tumanda vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlash toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori O.Ismoilovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman boʻyicha 2025 -yilning sugʻorish mavsumi uchun suv isteʼmolchilariga oʻrnatiladigan cheklangan suv miqdori (limit) ilovalarga asosan tasdiqlansin.
3.Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (O.Ismoilov)ga:
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
aholining tomorqa yerlarini vegetatsiya davrida toʻliq suv bilan taʼminlash va suv limitlarini belgilashda suv bilan taʼminlanganlik darajasini hisobga olish choralarini koʻrish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (N.Shoyeva), “Tafsilot” gazetasi muharriri (B.Elmurodova) ushbu qaror ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Qudratov) zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi MAMASHUKUROV OLIMJON KAYUMOVICH
Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani,
2025-yil 21-may,
VII-9-68-8-120-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.