21.05.2025 yildagi VII-9-77-8-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.05.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SURXONDARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida issiqlik va issiq suv xizmatlari uchun tariflar (narxlar)ni maʼqullash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 475-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 204-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Surxondaryo viloyatida issiqlik taʼminoti tizimini tubdan yaxshilash, aholini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz va sifatli taʼminlash, shuningdek, issiqlik taʼminoti tizimini boshqarishda samarali va ilgʻor tajribalarni joriy etish maqsadida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Surxondaryo viloyati “Issiqlik mabayi” davlat unitar korxonasining viloyatdagi issiqlik va issiq suv xizmatlari xizmatlari uchun tariflar (narxlar)ni belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo viloyatida belgilangan issiqlik va issiq suv xizmatlari uchun tariflar (narxlar) ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Surxondaryo viloyati “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi (Y.Mashiyev) tuman (shahar) larda aniq manzilli va muddatli reja-grafik asosida aholi oʻrtasida issiqlik va issiq suvlari uchun onlayn toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha turli shakldagi semenarlar tashkil etsin va natijasi yuzasidan joriy yilning yakuniga qadar xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga yozma axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat Axborot va ommaviy kommunakatsiyalar boshqarmasi (Z.Toʻrayev), viloyat teleradiokompaniyasi (B.Mingboyev), “Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari tahririyati (S.Norqobilov)ga sohada amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2024-yil 29-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida issiqlik va issiq suv xizmatlari uchun tariflar (narxlar)ni maʼqullash toʻgʻrisida” VI-82-20-8-0-K/24-sonli qarori va xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2024-yil 17-apreldagi “Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2024-yil 29-yanvardagi Surxondaryo viloyatida issiqlik va issiq suv xizmatlari uchun tariflar (narxlar)ni maʼqullash toʻgʻrisida” VI-82-20-8-0-K/24-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida” VI-84-69-8-0-K/24-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror issiqlik va issiq suv xizmatlari uchun tariflar (narxlar)ni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Surxondaryo viloyati hokimligiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I.Yuqubov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi CHORIYEV ABDURAIM RAVSHANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-77-8-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.