XALQ DEPUTATLARI SHAHRISABZ TUMANI KENGASHINING
QARORI
“Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan Shahrisabz tumanidagi qabristonlar nomlarini qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2024-yil 14-apreldagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi 03/08-3819-sonli xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Shahrisabz tuman hokimligi “Geografik obyektlarni nomlash qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi”ning taklifi hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi 2024-yil 14-apreldagi 03/08-3819-sonli xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasi bilan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 12 ta qabriston nomlari roʻyxati 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Tuman qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (F.Murodov), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshligʻi (S.Qiyomov), tuman soliq inspektsiyasi boshligʻi (A.Yuldashev), tuman statistika boʻlimi boshligʻi (O.Abdullayev), tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi birinchi oʻrinbosari (A.Bozorov), tuman davlat xizmatlari markazi rahbari (A.Qahhorov) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda Qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan ziyoratgoh, qabriston va istirohat bogʻlari nomlari boʻyicha ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
4. Shahrisabz tuman hokimining oʻrinbosari (X.Turayev), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (J.Turdiyev), tuman bosh imom xatibi (A.Jumayev), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (S.Raxmanov) larga:
qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan qabriston nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi OʻzDST texnik shartlariga javob beradigan peshlavhalar yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etsinlar.
5. Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
6. Shahrisabz tuman Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi 10 kun muddatda:
ushbu qaror nusxasini geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha viloyat komissiyasiga yuborish;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga geografik obyektlar ziyoratgoh, qabriston va istirohat bogʻlariga tavsiya etilgan nomlarni davlat reyestriga kiritish uchun tegishli hujjatlar taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman hokimligi matbuot xizmatiga mazkur qarorni hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirish vazifasi yuklatilsin.
8. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Baratov), ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I.Yusupov) hamda tuman hokimi oʻrinbosari (X.Turayev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XASANOV SAMAD AXATILLAYEVICH
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani,
2025-yil 20-may,
VII-10-54-4-67-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.