20.05.2025 yildagi VII-11-58-2-35-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JONDOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining Jondor tumanida ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorida Jondor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish, oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish, sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarnisoz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish, isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmitoʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish,suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish vazifasi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorning 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Jondor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan Jondor tumani xududlarida 2025-yil vegetatsiya davri uchun sugʻoriladigan maydonlarning ekin turlari boʻyicha joylashuvi va Jondor tumani hududlari va fermer xoʻjaliklarida 2025-yil vegetatsiya davrida ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit) jadvallari ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengashiga tasdiqlash uchun kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining Jondor tumanida ijrosi toʻgʻrisida tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori Oʻ.Gaffarovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jondor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori Oʻ.Gafforov hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Sh.Jumaevlar tomonidan tasdiqlangan Jondor tumani hududlarida 2025-yil vegetatsiya davri uchun sugʻoriladigan maydonlarning ekin turlari boʻyicha joylashuvi 1-ilovaga, Jondor tumani hududlari va fermer xoʻjaliklarida 2025-yil vegetatsiya davrida ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit) jadvallari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jondor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori (Oʻ.Gafforov) Jondor tumani hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2025-yil vegetatsiya davrida ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit) amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilganligi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etilgan hujjatlar haqqoniyligiga shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi axborot xizmati (S.Shomurodov), “Jondor ovozi” gazetasi tahririyati (I.Haydarov)larga Jondor tumani hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2025-yil vegetatsiya davrida ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit)ni ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (E.Tursunov) va tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (Sh.Jumaev)lar zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XUDOYEV JAMSHID RAJABOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Jondor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-58-2-35-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.