19.05.2025 yildagi VII-10-67-9-125-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MIRZAOBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzaobod tumanidagi ayrim koʻchalarning takrorlangan nomlarini oʻzgartirish va yangi nom berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzaobod tumani mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi mavjud qonunga zid koʻcha nomlarini qayta nomlash toʻgʻrisida tushgan takliflar koʻrib chiqildi va mazkur takliflar atroflicha muhokama qilinib, koʻchalarni qayta nomlash boʻyicha berilgan yangi nomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida Geografik obуektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan taqdim etilgan xulosa hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obуektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori hamda tuman komissiyasi takliflarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mirzaobod tumani hududidagi qonunga zid koʻcha nomlarini oʻzgartirish boʻyicha Geografik obуektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Ekspert komissiya deb ataladi) xulosasi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekspert komissiyasining Mirzaobod tumani hududidagi mavjud qonunga zid nomlarni qayta nomlash hamda nomsiz koʻchalarga nom berish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mirzaobod tumanida yangi nom berilgan koʻchalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman statistika boʻlimi (E.Nishonov), Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Mirzaobod tumani filiali (Sh.Abdullaуev), tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (A.Nosirov) hamda tegishli mutasaddi va davlat organlariga amaldagi tartibda nomlari oʻzgartirilgan koʻchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (A.Xolmatov) nomlari oʻzgartirilgan hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Geografik obуektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha tuman komissiyasiga nomi oʻzgartirilgan koʻchalarga ularning nomlari yozilgan metall koʻrsatgich va belgilar, peshlavhalar bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (M.Mavlonov), mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga hududlardagi yangi nom berilgan koʻchalarga chiqqan holda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimligi axborot xizmati (B.Abdullayev)ga ushbu qaror mazmun- mohiyatini ijtimoiy tarmoqda yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi, ekologiya va qurilish, kommunal soha masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I.Norkuziyev)ga va qaror ijrosini taʼminlash geografik obyektlarga nom berish hamda ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (S.Kenjaуev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi ABDURAZAKOVA FERUZA KARAMATULLAYEVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-67-9-125-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.