XALQ DEPUTATLARI QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING
QARORI
Qiziltepa tumanidagi geografik obyektlarga nom berish, koʻchalarni toifalarga ajratish va qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 23-yanvardagi 03/08-761-son xati bilan yuborilgan Geografik obyektlarga nom berish va va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish kommisiyasining ekspert xulosasi, shuningdek, mazkur Komissiyaning 2025-yil 22-yanvardagi 05-19-984-son ekspert xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-, 6-, 10-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 23-yanvardagi 03/08-761-son xati bilan yuborilgan Geografik obyektlarga nom berish va va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish kommisiyasining ekspert xulosasi, shuningdek, mazkur Komissiyaning 2025-yil 22-yanvardagi 05-19-984-son ekspert xulosasi maʼqullansin.
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi majlisining 2024-yil 10-maydagi 35-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qiziltepa tuman hokimligi, Qiziltepa tumanida Davlat kadastrlari palatasi Qiziltepa tuman filiali, mahalla boʻlimi masʼullari va mahalla raislari bilan birgalikda tashkil etilgan xatlovlar natijasida tumandagi mavjud barcha toifadagi koʻchalar 1848 ta (asosiy koʻchalar – 339 ta, tor koʻchalar – 638 ta, berk koʻchalar – 871 ta) ekanligi, shundan 28 ta geografik obyekt nomlari “Geografik obyektlar nomlarining oʻzbek tilida yozilishi” qoidalari asosida normallashtirilganligi, 407 ta geografik obyekt nomi qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq deb xulosa berilganligi inobatga olinsin.
3. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasiga, nomuvofiq deb xulosa berilgan 407 ta geografik obyekt nomini qonun hujjatlari talablari asosida qayta oʻrganishi tavsiya etilsin.
4. Qiziltepa tumanidagi 1848 ta toifalarga ajratilgan, nomlangan va qayta nomlangan koʻchalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Kadastrlar palatasi Qiziltepa tuman filiali (U.Xoʻjamov):
“Varozun” MFY hududidagi mavjud Beklar va Zarmetancha koʻchalari Hojibibi koʻchasiga birlashtirilganligi sababli Beklar va Zarmetancha koʻchalarini reyestrdan oʻchirish kerakligini inobatga olib, belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrilishini taʼminlasin;
6. Kadastrlar palatasi Qiziltepa tuman filiali (U.Xoʻjamov) 15 (oʻn besh) kun muddatda xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining mazkur qarori bilan oʻzgartirilgan geografik obyektlarining nomlarini davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
7. Qiziltepa tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi (R.Xudoyberdiyev), tuman statistika boʻlimi (Z.Turdiyev), Kadastrlar palatasi Qiziltepa tuman filiali (U.Xoʻjamov)ga tegishli davlat roʻyxatidan oʻtkazish idoralari bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqib hisobotlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
8. Qiziltepa tuman ichki ishlar boʻlimi (A.Qodirov) yangi nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
9. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Qiziltepa tuman boʻlimi (M.Roʻziyev) bir oy muddatda hududlarda nomlari oʻzgargan geografik obektlarning nomini aholi oʻrtasida keng targʻib etish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavhalarga yozib, oʻrnatish choralarini koʻrsin.
10. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (A.Umedov), “Yangi Qiziltepa” gazeta tahririyati (Sh.Shamuradov)ga, mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng, “Yangi Qiziltepa” gazetasida va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M.Muqimova) zimmasiga yuklansin.
12. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiyada raislik qiluvchi BOBOJONOV ULUGʻBEK RAXIMOVICH
Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani,
2025-yil 19-may,
VII-5-58-5-72-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.