19.05.2025 yildagi 208-3-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JIZZAX VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlinmalari tizimidagi maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 3-martdagi 138-sonli qarori ijrosini taʼminlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlinmalari tizimidagi maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 3-martdagi 138-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-martdagi 138-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga; Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini (keyingi oʻrinlarda - Maskanlar) moddiy- texnik jihatdan jihozlashga doir minimal talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maskanlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlinmalari tizimida tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maskanlarning shtat birliklarini shakllantirish hamda saqlash Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari, shuningdek, tuman (shahar) boʻlinmalarining shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida amalga oshirilishi belgilanganligi inobatga olinsin va maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Axmedov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyat boʻlimi (I.Umarova), tuman (shahar)lar hokimliklari maskanlarning binolarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyat boʻlimi (I.Umarova), tuman (shahar)lar hokimliklari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-martdagi 138-sonli qarori talablari asosida maskanlar faoliyatini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari - Z.Azimov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari A.Savurbayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimi v. b. U. MUSTAFOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208-3-0-Q/25-son