XALQ DEPUTATLARI QOʻSHKOʻPIR TUMANI KENGASHINING
QARORI
Qoʻshkoʻpir tumani Adolat mahallasida joylashgan nomsiz deb topilgan qabristonni nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasiga muvofiq “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 7-martdagi 01-19-09/2329-son murojaatnomasi va unda qayd etilgan Qoʻshkoʻpir tumani Adolat mahallasida joylashgan nomsiz deb topilgan qabriston nomiga Xudoybergan bobo nomini berish toʻgʻrisidagi takliflari Respublika toponomika komissiyasida koʻrib chiqilib, bu boʻyicha ekspertiza xulosasi kelganligini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6, 24-moddalariga asosan хalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 7-martdagi 01-19-09/2329-son murojaatnomasi va tuman hokimining qabriston nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Qoʻshkoʻpir tumani Adolat mahallasida joylashgan nomsiz deb topilgan qabriston nomiga Xudoybergan bobo nomini berish yuzasidan taklif ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman statistika boʻlimi (A.Sultanov), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (Y.Matkarimov) tuman hokimligi bilan birgalikda nomlari oʻzgartirilgan qabristonlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Mazkur qaror “Hayot koʻzgusi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Erkinov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi AXMEDOV SHUXRAT KURVONDURDIYEVICH
Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani,
2025-yil 16-may,
VII-12-55-12-172-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.