XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHINING
QARORI
Toyloq tumani boʻyicha 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun suv istemolchilariga oʻrnatiladigan cheklangan suv miqdorini (limit) tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Toyloq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 1-apreldagi 39-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻninchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaror ijro uchun qabul qilinsin.
2. Toyloq tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori B.Ahadovning Toyloq tumanida 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun ajratilgan suv miqdorini (limit) tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toyloq tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori B.Ahadovga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan miqdor (limit) asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, va ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Mirzoyev) hamda Toyloq tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari-qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (Sh.Xaydarov) zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi..
Kengash raisi BABONAZAROV BAXODIR KADIROVICH
Samarqand viloyati, Toyloq tumani,
2025-yil 16-may,
VII-10-50-7-104-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.