15.05.2025 yildagi 181-2-37-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUXORO VILOYATI QORAKOʻL TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻl tumanida joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlari, korxona, muassasa, tashkilotlar va oʻquv muassasalarida harbiy hisobni va bron qilish ishlarini yuritish hamda tashkillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablarini bajarish maqsadida hamda tuman mudofaa boʻlimining 2025-yil 21-apreldagi 312-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman mudofaa boʻlimining 2025-yil 21-apreldagi 312-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari, kimning tasarrufida ekanligidan qatʼiy nazar korxona, muassasa, tashkilotlar, shu jumladan taʼlim muassasalarining rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan belgilangan qoida va shakllar boʻyicha barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar roʻyxatining toʻkisligi va sifatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻl tumani hududida joylashgan tashkilot, muassasa, korxona va taʼlim muassasalarida harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy hisobini yuritish va ushbu toifani iqtisodiy tarmoqlariga bron qilish ishlarini tashkillashtirish va olib borishga doir ishlar holatini 2025/26-yil davomida tekshirish rejasi; (1-ilovaga asosan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar safarbarlik chaqiruvi rezervi va chaqiriluvchilarning oilaviy ahvoli, yashash joyi, texnik va umumtaʼlim tayyorgarlikdagi oʻzgarishlarni muntazam hisobga olib borish, bu haqida tuman mudofaa ishlari boʻlimiga belgilangan muddatlarda har oyda kamida bir marta maʼlumot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan bronlash boʻyicha roʻyxatga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun rahbarlar, muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchilardan iborat harbiy xizmatga majburlarni oʻz vaqtida bronlashni rasmiylashtirish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yil dekabr oyida tuman mudofaa ishlari boʻlimiga harbiy xizmatga tayyorlash lozim boʻlgan chaqiriqqacha yoshdagi oʻsmirlar va tuman chaqiruv punktida qayd qilinishi lozim boʻlgan oʻsmirlar roʻyxatlarini taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari boʻlimining talabiga binoan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari boʻlimiga kelishlari hamda xabardor qilish va oʻz vaqtida yetib kelishlarida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ishga (oʻqishga) qabul qilinganlar va ishdan boʻshatilganlar (oʻqishdan chiqarib yuborilgan) barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar haqida 7 kunlik muddat ichida mudofaa ishlari boʻlimiga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni ishga (oʻqishga) qabul qilishda ularda harbiy hisob hujjatlari mavjudligini tekshirish (harbiy xizmatga majburlarda - zaxiradagi ofiser guvohnomasi, harbiy guvohnoma, chaqiriluvchilarda chaqiruv punktida qayd qilinganligi haqida guvohnoma, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarida-harbiy guvohnoma yoki mudofaa ishlari boʻlimidan berilgan, SCHR da xizmatni oʻtayotganligi haqida maʼlumotnoma) va harbiy roʻyxatda turish-turmasligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar faqat yashash joylari boʻyicha harbiy roʻyxatga qoʻyilganligidan soʻnggina ishga (oʻqishga) qabul qilish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qorakoʻl tumani mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi (Z.Alibayev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman ichki ishlar boʻlimi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi, surishtiruv va daslabki tergov organlari, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar, shu jumladan taʼlim muassasalarining rahbarlaridan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasiga amal qilishi yuzasidan majburiyatlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻl tumani hududidagi oʻzini oʻzi boshqarish organlarida harbiy xizmatga harbiy hisobini yuritish ishlarini tashkillashtirish va olib borishga doir ishlar holatini 2025/26-yil davomida kompleks ravishda tekshirish tartiblarining rejasi; (2-ilova tekshiruv rejasi boʻyicha)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda joylashgan fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini boshlangʻich harbiy hisobini yuritish hamda ularning oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarish boʻyicha oʻquv uslubiy mashgʻulot oʻtkazilishini tashkillashtirish (Mudofaa ishlar boʻlimining alohida rejasiga asosan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa, tashkilotlar, shu jumladan taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan harbiy hisobni yurituvchi masʼul xodimlar bilan harbiy roʻyxat boʻyicha masalalar va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida bronlash hamda ularning oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish boʻyicha oʻquv uslubiy mashgʻulot oʻtkazilishini tashkillashtirish (Mudofaa ishlar boʻlimining alohida rejasiga asosan) topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi korxona, muassasa, tashkilotlar va taʼlim muassasalarining rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-sonli qaroriga asosan Qorakoʻl tumani Mudofaa ishlari boʻlimiga harbiy hisobni yuritish va bron qilish ishlarini oʻz vaqtida sifatli bajarilishi uchun (jadvalga binoan) bir nafardan malakali ishchi xodimlarni texnik xizmatchi sifatida ajratish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Z.Alibayevga ushbu qarorning talablarini ichki ishlar boʻlimi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar, shu jumladan taʼlim muassasalarining rahbarlariga belgilangan tartibda yetkazish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari F.Toʻxtamurotov va Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Z.Alibayevlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi X. TOHIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-2-37-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.