TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Parkent tumani shaxsiy tarkib hujjatlari Davlat Arxivida saqlanayotgan har bir hujjat jildi uchun narx belgilash toʻgʻrisida
Parkent tumani shaxsiy tarkib hujjatlari Davlat Arxivining 2025-yil 17-fevraldagi 01-25/17-sonli xati va taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi arxiv ishi toʻgʻrisidagi Qonunning 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining 2021-yil 28-apreldagi 149-sonli “Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlarni yagona narxnomasi toʻgʻrisida”gi buyurugʻiga asosan hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuning 6, 211-moddalariga muvofiq,
1. Parkent tumani shaxsiy tarkib hujjatlari Davlat Arxivida saqlanayotgan har bir hujjat jildi uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 0,3 foizi miqdorida narx belgilansin.
2. Faoliyat yuritayotgan va tugatilgan tashkilotlar hujjatlarini qayta ishlash va saqlashga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov “Oʻzarxiv” agentligining 2021-yil 28-apreldagi 149-sonli buyrugʻida belgilangan narxnoma boʻyicha belgilansin.
3. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinch; oʻrinbosari Y.Abduxamidov, tuman hokimi o'rinbosari B.Soatov hamda Parkent tumani shaxsiy tarkib hujjatlari Davlat Arxivi direktori M.Ibroximov zimmalariga yuklatilsin.
Tuman hokimi SARDOR DADAJONOVICH ISAKULOV
Toshkent viloyati, Parkent tumani,
2025-yil 15-may,
290-10-141-Q/25-son