XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA TUMANI KENGASHINING
QARORI
Fargʻona tumanida 2025-yil vegitatsiya davri uchun isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorini ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarorida koʻrsatib oʻtilgan suvni hisob-kitobi va hisobotini yuritish tartibiga asosan, Fargʻona tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan xolda hududdagi barcha suv isteʼmolchilarni 2025-yil vegitatsiya mavsumi uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari tasdiqlanib, shu asosida har bir suv isteʼmolchilari, suv manbalar, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida suvdan foydalanish rejalari ishlab chiqildi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda Oʻzbekiston Respublikasining «Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonunining 6, 19, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Fargʻona tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi qoshidagi Fargʻona tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan cheklangan (limit) suv miqdori limitlari:
2.1. Fargʻona tumani hududidagi fermer xoʻjaligi, MFY va boshqa yoʻnalishdagi suv isteʼmolchilarining 2025-yilning sugʻorish davrida suv olish limiti 1-ilovaga;
2.2. Fargʻona tumani hududidagi qishloq xoʻjaligi korxonalarini 2025-yilning sugʻorish davrida suv olish limiti 2-ilovaga;
2.3. Fargʻona tumani hududidagi MFY, aholi, tomorqa yoʻnalishidagi suv isteʼmolchilarining 2025-yilning sugʻorish davrida suv olish limiti 3-ilovaga;
2.4. Fargʻona tumani hududidagi baliqchilik yoʻnalishidagi suv isteʼmolchilarining 2025-yilning sugʻorish davrida suv olish limiti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlash tavsiya etilsin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Joʻraev), Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi qoshidagi Fargʻona tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi direktori (Yuldashev) hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda:
tumanga suv yetkazib berish boʻyicha ishlab chiqilgan limitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaror talabi asosida amalga oshirish;
qaror mazmun mohiyatini massivlar hamda ular tarkibidagi fermer hamda dehqon xoʻjaliklari, MChJ, korxona va tashkilotlarga yetkazish;
ilovada koʻrsatilgan limitlarni oʻz vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish;
qarordan kelib chiqadigan boshqa vazifalarni amalga oshirish;
amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Xalq deputatlari Fargʻona tumani Kengashga hisobot kiritish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiya (Xamdamov), Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar boʻyicha doimiy komissiya raisi (Q.Makarov) aʼzolari zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qaror tasdiqlangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi ABDURAXMONOV ILXOMJON AKBARALIYEVICH
Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani,
2025-yil 15-may,
VII-7-43-11-163-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.