15.05.2025 yildagi VII-8-53-11-155-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI DANGʻARA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dangʼara tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hududlar, manbalar va suv isteʼmolchilari boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvaridagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarorlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, yirik suv xoʻjalik obʼyektlarining suv olish va suv yetkazib berish rejalari, suv manbalari iqtisodiyot tarmoqlari maʼmuriy hududlar boʻyicha umumlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qaror talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Dangʼara tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumanda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hududlar, manbalar va suv isteʼmolchilari boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori S.Tojiboyevning bergan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dangʼara tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori S.Tojiboyev tomonidan tuman boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi hamda xoʻjaliklararo va ichki sugʻorish tarmoqlaridagi yoʻqolishlar ( KPD mej-0.84 va KPD vnut-0.80) KPD.sis 0.67 1-2-3-4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Sh.Shokirov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari yer maydonlariga suvlarni ortiqcha isrofgarchiliklarga yoʻl qoʻymagan holda olishlari uchun ichki ariqlarini begona oʻtlar va chiqindilardan tozalash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (S.Tojiboyev) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda faoliyat koʻrsatayotgan qishloq xoʻjaligiga moslashtirilgan fermer xoʻjaliklarining gʻalla va paxta yer maydonlari kesimida belgilangan limitlarga asosan suv yetkazib berilishini nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari tomonidan limitlarga asosan ajratilgan suvdan unumli foydalanish hamda qarovsiz holda qoldirilishi va suvni ortiqcha isrofgarchiligiga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot kiritib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (O.Ergashev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi TOJIXAKIMOV SHUXRATJON NURMUXAMMADOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-8-53-11-155-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.