15.05.2025 yildagi VII-6-75-8-114-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QUMQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi «Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda suv resurslaridan foydalanish sarnaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini keng joriy qilish hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J.Eshtemirovning hisoboti tinglab, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Qumqoʻrgon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J.Eshtemirovning 2025-yil 25-martdagi 01-9/39-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari oʻrinbosari-tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (A.Mirzayev) tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (J.Eshtemirov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moljallangan yerlarga ega bolgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Qumqoʻrgʻon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan 2025-yil sugʻorish davri (1-apreldan 31-sentabrgacha) tuman chegarasidan olinadigan 159.90 mln.m3 suv olish limitlarini, kanallardagi suv yoʻqotishlarni inobatga olib 20 foizga kamaytirgan holatda 508 ta suv isteʼmolchilari kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari hududlar kesimida ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshoatlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda joriy yilda suv oʻlchash qurilmalarini oʻrnatib, suv resurslari hisobini aniqlik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan fermer xoʻjaliklari hisobidan iqtisod qilingan umumiy suv resurslarini birinchi navbatda aholi dala tomorqa va takroriy ekin yer maydonlariga yoʻnaltirilishini tizimli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv isteʼmolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi «Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 29-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 45-bayoni 9-bandiga asosan suv resurslari kamayganligi inobatga olib klaster va fermer xoʻjaliklari suvini isrof qilmaslik uchun ariqlarni betonlash ishlarini yakuniga yetkazish vazifalari topshirilsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan har oy yakunida xalq deputatlari tuman Kengashiga yozma axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi Axborot Xizmati (E.Bozorov), “Qumqoʻrgʻon sadosi” tahririyati (R.Mengziyayeva)larga Qumqoʻrgʻon tumani hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2025-yilning sugʻorish mavsumidagi cheklangan suv miqdorini ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur sessiya qarorini ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (A.Abduraxmonov) hamda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari oʻrinbosari-tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (A.Mirzayev)lar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi NORMAMATOV ANVAR MAMATOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-6-75-8-114-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.