14.05.2025 yildagi VII-9-38-6-89-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI CHUST TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Chust tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-4-017-6-89-K/24-sonli qarori bilan tasdiqlangan tuman mahalliy budjeti xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet kodeksi”ning 143-moddasiga asosan hamda tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 25-martdagi 01-14-237/20-02/99 sonli murojaatini hamda tuman hokimining oʻrinbosari – B.Djafarovning 2025-yil 26-martdagi 05-17/44-sonli xati, tuman hokimligi va tuman tibbiyot birlashmasining xalq deputatlari Chust tumani Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi “Chust tumani mahalliy budjetining 2025-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisida”gi VII-7-25-6-89-K/25-sonli qarori ilovasining tegishli bandlariga oʻzgartirish kiritish haqidagi takliflari, shuningdek, tuman Adliya boʻlimining 2025-yil 17-apreldagi 11-7/4-sonli taqdimnomasini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6, 191 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining xarajatlariga oʻzgartirishlar kiritish tartibi” toʻgʻrisidagi 147-moddasiga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining xarajatlariga tegishli budjetlarning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan ularning xarajatlarini 10 foizdan kam miqdorga koʻpaytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari taqdimnomasiga koʻra tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan hamda “Tumanlar va shaharlar budjetining xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartibi” toʻgʻrisidagi 148-moddasiga asosan, Budjet tizimi budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi 143-moddasiga asosan amalga oshirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy kommunal xizmatlar haqqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga hujjatlarda nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganda beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-fevraldagi roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami № 2080) Nizomga muvofiq, “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda 1878-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) Nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil davomida tuman madaniyat boʻlimining 06.03.2025-yildagi 01-19/24-sonli, tuman hokimligining 17.03.2025-yildagi 04-05/52-sonli, tuman hokimligida 11.03.2025-yilda T-178-son bilan roʻyxatga olingan tuman qoʻriqlash boʻlimining 10.02.2025-yildagi 2/45/33-38-sonli soʻrovlariga muvofiq 2025-yil davomida tuman mahalliy budjetining tasdiqlangan xarajatlar rejasi koʻrsatkgichlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A.Umarov)ga 2025-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar yoyilmasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosini tumanda samarali taʼminlash maqsadida tuman hokimligi balansida foydalanilmayotgan boʻsh bino mavjud emasligini inobatga olib, tumanda mahalla huquq-tartibot maskani tashkil etish uchun «Kafolat sugʻurta aksiyadorlik jamiyati»ga tegishli boʻlgan boʻsh turgan binoni sotib olish haqidagi taklif maʼqullansin hamda ushbu maqsad uchun zarur boʻlgan mablagʻ tuman mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak yakuni bilan kutilayotgan daromadlar rejasini orttirib bajariladigan qismi mablagʻlari hisobidan ajratilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi va tuman tibbiyot birlashmasining xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi “Chust tumani mahalliy budjetining 2025-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisida”gi VII-7-25-6-89-K/25-sonli qarori ilovasining tegishli banlariga oʻzgartirish kiritish haqidagi takliflari maʼqullansin va ushbu qaror ilovasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandidagi “Tuman hokimligini taʼmirlash xarajati” jumlasi “tuman hokimligini taʼmirlash bilan bogʻliq qurilish materiallari sotib olish va boshqa xarajatlar uchun” jumlasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandidagi «Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Damobod OSHP binosini taʼʻmirlash uchun qurilish materiallarini sotib olish xarajatlari» jumlasi «Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Damobod OSHP binosini taʻʼmirlash uchun qurilish materiallari sotib olish va boshqa xarajatlar uchun» jumlasi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Adliya boʻlimining 2025-yil 17-apreldagi 11-7/4-sonli taqdimnomasi maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin hamda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 3-apreldagi VII-9-33-6-89-K/25-sonli qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosining nazorati xalq deputatlari tuman Kengashidagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (U.Azizov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi SALIMJONOV BAXTIYORJON RAXIMJONOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati, Chust tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-38-6-89-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.