14.05.2025 yildagi VII-7-39-10-212-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-qishloq hoʼjaligi yili sugʻorish mavsumida Toshkent tumandagi isteʼmolchilari kesimida suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qaroriga asosan, Toshkent tumani Suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasining 2025-yil 27-martdagi 82/15-142-sonli murojaatini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining 7-chaqiriq, 6-sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining 2025-yil 27-martdagi 2025-yil uchun sugʻorish mavsumida Toshkent tumani isteʼmolchilari kesimida suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 82/15-142-sonli murojaati, hamda Davlat muassasa direktor S.Avezovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.Toshkent tumanida 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun suv limiti belgilangan isteʼmolchilar roʻyxati 1 ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari-Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi A.Oqiljonov, tuman Suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi direktori S.Avezov, Davlat soliq inspeksiyasi tuman boʻlimi boshligʻi S.Abduvaliyev isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi mazkur qarorning 2-bandida tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblash choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbosari-Qishloq xoʻjaligi boʻlimi (A.Oqiljonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi, Qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman Fermerlar kengashi, Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman boʻlimi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tuman loyiha ofisi mutasaddi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzgan holda, haqiqatda ekilgan ekin turi boʻyicha isteʼmol qilinadigan suv boʻyicha soliq hisoblash uchun yiligi kamida tokzorlar uchun 1 marotaba, bogʻlar uchun (qator orasini hisobga olgan holda), gʻalla maydoni uchun (takroriy ekinni hisobga olgan holda) 2 marotaba, sugʻoriladigan (ochiq) yer maydoni uchun
3 ta hosil olishni inobaga olgan holda 3 marotaba vegetatsiya davrida xatlovdan oʻtkazish tizimini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan suv limitidan kam yoki ortiqcha talab etiladigan suv sarfi boʻyicha Xalq deputatalari tuman kengashiga asoslangan axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi (S.Avezov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir suv isteʼmolchi boʻyicha yil boshida, 2025 yil uchun 15 maygacha suv yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilishini toʻliq yakunlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 4-bandidan kelib chiqib, har oy (yakuniy hisobotni yil) yakuni bilan tuman Soliq inspeksiyasiga har bir suv isteʼmolchi boʻyicha taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (B.Abduraxmonov) va tuman Soliq inspeksiyasi (S.Abduvaliev) mazkur qarorning 4-bandi ijro etilishi yuzasidan va suv soligʻi tushumlarini toʻgʻri hisoblanishi maqsadida doimiy ravishda (tanlanma asosida) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini joyiga chiqqan holda oʻrganib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalari yuzasidan Xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasida yiliga 2 marotaba hisobot berib borishlari belgilansin..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (N.Achilov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ERGASHEV SARDORBEK KADIROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Toshkent tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-7-39-10-212-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.