13.05.2025 yildagi VII-11-67-9-122-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI OQOLTIN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqoltin tumani “Koʻrkam diyor” hamda “Andijon” mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi ayrim bir xil oʻzakdosh koʻchalarga yangi nomlar berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarini tartibga solish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori va Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 16-apreldagi 05-19-5971-sonli eksport xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obуektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Ekspert komissiya deb ataladi) ning 2025-yil 16-apreldagi 05-19-5971-sonli eksport xulosasi hamda tuman hokimligining 2025-yil 22-apreldagi 06-04/04-320-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oqoltin tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan ayrim bir xil oʻzakdosh koʻchalarni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 16-apreldagi 05-19-5971-sonli eksport xulosasi bilan taklif etilgan koʻchalar nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (X.Djavlonov), tuman Adliya boʻlimi (A.Ziyayev), tuman Statistika boʻlimi (B.Pardayev), tuman Soliq inspeksiyasi (R.Abduqodirov), Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (A.Kukanbayev), Davlat kadastrlar palatasi Oqoltin tuman filiali (N.Ismoilov), tuman Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (S.Toʻraqulov) va tegishli mutasaddi tashkilotlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror ilovasi asosida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar eʼtiborga olinsin va mazkur qarordan kelib chiqqan holda tegishli idoraviy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbosariA.Xaydarov, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (A.Kukanbayev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda hududlardagi nomlari oʻzgargan koʻchalarga zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida homiy tashkilotlar yordamida) peshlavhalar yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
peshlavhalar oʻrnatish va moliyalashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berish va nazoratga olish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi huzuridagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiya (A.Xaydarov), Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (A.Kukanbayev) va fuqarolar yigʻinlari raislari bilan hamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda hududlarda yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (X.Djavlonov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududlaridagi nomlari oʻzgargan koʻchalarda yashovchi fuqarolarga yangi pasport berish va ularni roʻyxatga qoʻyishda yangi nomlar bilan yozilishini nazoratga olish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi axborot matbuot xizmati B.Yusupovga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oqoltin ovozi” gazetasi tahririyati (M.Pardayeva) ushbu qarorni “Oqoltin ovozi” gazetasida yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimi oʻrinbosari A.Xaydarov mazkur qaror bilan bogʻliq hujjatlar geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha viloyat komissiyasiga taqdim etish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi G.Qorayeva va tuman hokimining oʻrinbosari A.Xaydarov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi BABAYEV ESANBAY OMONMURATOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-67-9-122-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.