XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosi, tumanda 2025-yil vegetatsiya davrida ekin maydonlarini sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashinning 2026-yil 7-apreldagi VII-18-47-3-44-K/26-sonli “Baxmal tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun belgilangan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Baxmal tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J.Nizomovning tuman boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida ekin maydonlarini sugʻorish uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Baxmal tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J.Nizomovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman soliq inspeksiyasiga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni belgilangan muddatda berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 1-apreldagi VII-7-48-3-44-K/25-sonli qarori oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.Xolboyev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ERGASHEV AZIZ MAMARASULOVICH
Jizzax viloyati, Baxmal tumani,
2025-yil 12-may,
VII-8-71-3-44-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.