08.05.2025 yildagi VII-9-67-8-113-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QIZIRIQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosi toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv – tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadidaQoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1 aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1 oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilanganligi boʻyicha tartibga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarni xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi muhokamasida bildirilgan takliflarni eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Qiziriq tumani “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan joriy yil vegetatsiya davri uchun tuman chegarasidan olinadigan 256,6 mln.m3 suv olish limitlarini, kanallardagi suv yoʻqotishlarni inobatga olib 20 foizga kamytirgan holatda 5515 ta isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari hududlar kesimida ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv isʼtemolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman adliya boʻlimining 2025-yil 08-apreldagi “Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashi tomonidan 2025-yil 7-aprel kuni qabul qilingan VII-8-50-8-113-K/25-sonli qarorni qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha 1-34/1-0/25-sonli taqdimnomasiga asosan normativ tusdagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilmasdan va belgilangan tartibda adliya boʻlimidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan qabul qilinganligi sababli Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashining 2025-yil 7-apreldagi VII-8-50-8-113-K/25-sonli qarorining 3-bandi bilan tasdiqlangan ilovalari bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi Axborot xizmati (A.Boʻriyev) mazkur qarorni tasdiqlangandan keyin tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga va tuman “Tarraqiyot” gazeta tahrirriyati (Ch.Alimov) tumanning mahalliy gazetasida eʼlon qilinishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur sessiya qarorini ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (K.Mirzayev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi OCHILDIYEV BOXADIR BENAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-67-8-113-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.