XALQ DEPUTATLARI YANGIYER SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Yangiyer shahrida Navroʻzobod, Temur Malik, Yuksalish mahalla fuqarolar yigʻinlarida ayrim nomlari takrorlangan koʻchalarga yangi nomlar berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarini tartibga solish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori va Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan Yangiyer shahridagi 3 ta mahalla, jami 6 ta yaʼni 5 ta koʻcha, 1 ta tor koʻcha koʻchalarning nomlari oʻrganilib chiqilib, 2025-yil 16-apreldagi 05-19-5975-sonli xatiga asosan ijobiy xulosa berildi. Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 24-moddasiga asosan, Xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 16-apreldagi 05-19-5975-sonli yigʻilish bayoni qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Yangiyer shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan nomlari takrorlangan ayrim koʻchalar qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 16-apreldagi 05-19-5975-sonli yigʻilish bayoni qarori bilan taklif etilgan koʻchalar nomlari ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Shahar Ichki ishlar boʻlimi (Sh.Xolbutayev), shahar Adliya boʻlimi (X.Sayitov), shahar Statistika boʻlimi (N.Xoʻjanbayev), shahar Soliq inspeksiyasi (A.Bekmatov), Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi shahar boʻlimi (I.Sayfiddinov), Davlat kadastrlar palatasi Yangiyer shahar filiali (U.Djumanov), shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (N.Abdusalomov) va tegishli mutasaddi tashkilotlarga:
mazkur qaror ilovasi asosida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar eʼtiborga olinsin va mazkur qarordan kelib chiqqan holda tegishli idoraviy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. Shahar hokimining oʻrinbosari J.Egamberdiyev, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi shahar boʻlimi (I.Sayfiddinov)ga:
10 kun muddatda hududlardagi nomlari oʻzgargan koʻchalarga zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida homiy tashkilotlar yordamida) peshlavhalar yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etish;
peshlavhalar oʻrnatish va moliyalashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berish va nazoratga olish vazifalari yuklansin.
5. Shahar hokimligi huzuridagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiya (J.Egamberdiyev), Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi shahar boʻlimi (I.Sayfiddinov) va fuqarolar yigʻinlari raislari bilan hamkorlikda:
bir hafta muddatda hududlarda yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilansin.
6. Shahar Ichki ishlar boʻlimi (Sh.Xolbutayev)ga:
shahar hududlaridagi nomlari oʻzgargan koʻchalarda yashovchi fuqarolarga yangi pasport berish va ularni roʻyxatga qoʻyishda yangi nomlar bilan yozilishini nazoratga olish vazifasi yuklatilsin.
7. Shahar hokimligi Axborot matbuot xizmati I.Rahmonqulovga;
hududlarda yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar bersin.
8. “Yangiyer hayoti” gazetasi tahririyati (A.Abduqodirov)ga ushbu qarorni “Yangiyer hayoti” gazetasi rasmiy nashrida eʼlon qilinsin.
9. Shahar hokimi oʻrinbosari J.Egamberdiyev mazkur qaror bilan bogʻliq hujjatlar geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha viloyat komissiyasiga taqdim etish belgilansin.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi N.Djulibayeva va shahar hokimining oʻrinbosari J.Egamberdiyev zimmalariga yuklatilsin.
11. Ushbu qaror “Yangiyer hayoti” gazetasida rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi KOMILOV JAMOLIDDIN KARIMJONOVICH
Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri,
2025-yil 8-may,
VII-10-51-9-132-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.