XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING
QARORI
Shovot tumani boʻyicha 2025-yil uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Shovot tumani “Suv yetkazib berish” xizmati davlat muassasasi direktorining hisoboti atroflicha muhakama etilib, “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Shovot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2025-yil 7-apreldagi 56-sonli xati va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshligʻi J.Iskandarovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Shovot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan cheklangan (limit) 2025-yil uchun suv miqdori limitlari 1-2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Shovot tumani “Suv yetkazib berish” xizmati davlat muassasasi direktori J.Iskandarovga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Ushbu qaror tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Shovot istiqboli” gazetasida eʼlon qilinsin.
6. Tuman hokimligining axborot xizmati boʻlimi (S.Yoʻldoshev) tuman hokimligi bosh yuriskonsulti bilan hamkorlikda (Z.Rahimov);
mazkur qarorni tuman hokimligining shovottuman.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
7. Mazkur qaror ijrosinitaʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari N.Boboniyozov, tuman “Suv yetkazib berish” xizmati davlat muassasasi direktori J.Iskandarov hamda qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi O.Sadullayev zimmalariga yuklatilsin.
Sessiya raisi MASHARIPOV IZZAT MASHARIPOVICH
Xorazm viloyati, Shovot tumani,
2025-yil 7-may,
VII-10-61-12-177-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.